Hujjatlar

Maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-noyabr. Amal qiladi: KimyoLab 3D (/lab/), Sud zali (/sud/) va shu sayt.

1. Maxfiylik siyosati

Kim javobgar

Saytni va undagi loyihalarni (KimyoLab 3D, Sud zali) Area-X Software yaratadi va yuritadi. Savol yoki soʻrov boʻlsa — bosh sahifadagi «Bogʻlanish» shakli orqali yozing.

Qanday maʼlumot saqlanadi

MaʼlumotNima uchunQayerda
Hisob: login va parolProgressni saqlash va boshqa qurilmada ochishServerda. Parol — faqat shifrlangan xesh (scrypt), uni hatto biz ham oʻqiy olmaymiz
Progress: XP, daraja, kashf etilgan reaksiyalar, darslar, amaliy ishlar natijalari, yutuqlarOʻyin davom etishi uchunHisob boʻlsa — serverda; mehmon rejimida — faqat brauzeringizda
Oʻquv hodisalari: «amaliy ish bajarildi», «yutuq olindi», «birinchi tajriba tugadi»Oʻquvchilar qayerda qiynalishini bilish va saytni yaxshilashServerda, hisobga bogʻlangan
Anonim statistika: brauzerda yaratilgan tasodifiy raqam, tashrif kuni, brauzer turi (Chrome, Firefox…), qaysi qadamgacha yetgani (masalan, «ishni boshladi», «hukm chiqardi»)Nechta odam kelgani va qayerda toʻxtab qolishini bilishServerda, faqat xesh koʻrinishida
IP manzilSuiisteʼmolga qarshi cheklovlar (masalan, bir tarmoqdan cheksiz hisob ochilmasin)Ochiq saqlanmaydi — faqat maxfiy «tuz» qoʻshilgan xesh
Fikr va xato xabarlari: siz yozgan matn, ixtiyoriy aloqa maʼlumoti, sahifa holati (boʻlim, dastur versiyasi, ekran oʻlchami)Xatolarni tuzatish va takliflarni koʻrib chiqishServerda
Brauzer xatolari: texnik xato matniDastur xatolarini topishServerda, shaxsiy maʼlumotsiz
Sud zali dialoglariIshlarni yaxshilashFaqat siz rozilik berib «saqlash» tugmasini bossangiz — login va IP siz

Uchinchi tomon xizmatlari

Shaxsiy maʼlumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.

Cookie va brauzer xotirasi

Faqat bitta cookie bor — kl_sid: hisobga kirganingizda seansni saqlaydi (HttpOnly, sahifa skriptlari uni oʻqiy olmaydi). Sozlamalar (grafika sifati, ovoz, boshqaruv), mehmon progressi va anonim identifikator brauzer xotirasida (localStorage) turadi — ularni brauzer sozlamalaridan istalgan payt oʻchirishingiz mumkin.

Qancha vaqt saqlanadi

Huquqlaringiz

Hisobingiz va unga bogʻliq barcha maʼlumotni (progress, hodisalar) oʻchirishni soʻrashingiz mumkin: «Bogʻlanish» shaklida loginingizni yozing. Hisobdan chiqishda shu qurilmadagi progress nusxasi ham tozalanadi.

Bolalar

Loyihalar maktab oʻquvchilari uchun. Biz ism, surat yoki aloqa maʼlumotini soʻramaymiz. Login sifatida haqiqiy ism-familiyangizni yozmang. Yosh bolalar saytdan ota-onasi yoki oʻqituvchisi xabardorligida foydalanishi tavsiya etiladi.

2. Foydalanish shartlari

  1. Bepul va oʻquv maqsadida. Sayt taʼlim uchun bepul taqdim etiladi.
  2. Virtual tajriba — haqiqiy tajriba emas. KimyoLab 3D dagi reaksiyalar — soddalashtirilgan model. Haqiqiy laboratoriyada moddalar bilan faqat oʻqituvchi nazoratida va xavfsizlik qoidalariga rioya qilib ishlang. Saytda koʻrgan tajribani uyda takrorlamang.
  3. Sud zali — oʻquv oʻyini. Ishlar va personajlar toʻqima, har qanday oʻxshashlik tasodifiy. Oʻyin huquqiy maslahat emas: moddalar va jazolar soddalashtirilgan, «tekshiruv kutilmoqda» belgisi bor ishlar hali huquqshunos tomonidan tekshirilmagan.
  4. AI javoblari xato boʻlishi mumkin. AI Ustoz va sud personajlari sunʼiy intellekt bilan javob beradi — muhim maʼlumotni darslik yoki oʻqituvchi bilan tekshiring.
  5. Hisob. Parolni tiklash yoki oʻzgartirish imkoni yoʻq — uni eslab qoling. Boshqalarning hisobidan foydalanmang va parolingizni hech kimga bermang.
  6. Odob. Haqoratli, zoʻravonlikka undovchi yoki boshqalarning shaxsiy maʼlumotini oʻz ichiga olgan matn yozmang. Serverga zarar yetkazishga, cheklovlarni chetlab oʻtishga yoki avtomatik soʻrovlar bilan ortiqcha yuk berishga urinmang.
  7. Xizmat «boricha». Saytni barqaror ishlashi uchun harakat qilamiz, lekin uzilishlar, xatolar yoki oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Imkoniyatlar oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirilishi mumkin.
  8. Mualliflik huquqi. Dastur, dizayn, matnlar va ishlar Area-X Software ga tegishli. Ochiq kodli kutubxonalar (masalan, three.js) oʻz litsenziyalari asosida ishlatiladi.
  9. Oʻzgarishlar. Bu hujjat yangilanishi mumkin; yangilanish sanasi sahifa boshida koʻrsatiladi.

← Bosh sahifaga